O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yo‘l harakati ishtirokchilari diqqatiga!

2016-08-16

Toshkent shahar hokimligi poytaxtimizda Nurafshon va boshqa ko‘chalarni uzaytirish, kengaytirish, Muqimiy ko‘chasida yo‘l o‘tkazgich qurilishi hisobiga bunyod etilayotgan yangi xalqa yo‘l qurilishi jarayonida ushbu ko‘chalar va ular bilan kesishgan ba’zi ko‘chalarda yo‘llarning yopib qo‘yilishi, vaqtincha harakatning cheklanishi tufayli yuzaga kelayotgan tirbandliklar, noqulayliklar uchun yo‘l harakati ishtirokchilaridan yana bir bor uzr so‘raydi.

Muqimiy ko‘chasidagi qurilish ishlari poyoniga yetkazilib, 22 avgustdan e’tiboran ushbu cheklovlar olib tashlanishini ma’lum qilamiz.

O‘ylaymizki, hurmatli hamshaharlarimiz yo‘llarda haydovchi va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash, ularga qulayliklar yaratish maqsadida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari jarayonidagi ushbu vaqtinchalik noqulayliklarni to‘g‘ri tushunadilar.

Поделиться