O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Diqqat, tanlov!

2016-06-28

“Xalq so‘zi” hamda “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati “Eng yaxshi maqolalar va fotosuratlar” tanlovi davom etishini ma’lum qiladi.

Shu kunlarda mamlakatimizda eng ulug‘ hamda eng aziz ayyom — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining qutlug‘ yigirma besh yilligini munosib kutib olishga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. Bu esa har birimizni jonajon Vatanimiz taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shishga undashi, shubhasiz. Shu ma’noda, tanlovga taqdim etiladigan materiallar va fotosuratlarda 25 yil mobaynida Vatanimizning rivojlanishiga yo‘naltirilgan ulkan islohotlar hamda bunyodkorlik faoliyatining muhim bosqichlari to‘laqonli tasvirlanishi lozim. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi hamda “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar ro‘yobiga bag‘ishlanib yo‘llangan maqolalar, hikoyalar, lavhalar, suratlar yurtimizda barcha sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda ularning samarasini ko‘rsatish, qolaversa, ibratli ishlarni yo‘lga qo‘ygan fidoyi zamondoshlarimiz siymosini tasvirlashdek ezgu maqsadga qaratilishi maqsadga muvofiqdir.

Taqdim qilinadigan materiallar hayotiy, o‘qishli, lo‘nda va ixcham bo‘lishi lozim.

Tanlovga materiallar quyidagi tartibda qabul qilinadi:

— mualliflik huquqi uchinchi shaxsga berilmagan hamda boshqa ommaviy axborot vositalarida joylashtirilmagan mualliflik maqolalari (elektron yoki A4 formatdagi qog‘ozga chop etilgan nusxada);

— 2016 yilda jpeg formatda RGB ranglar tekisligida suratga olingan, yuqori sifatga ega va kamida 2000 piksel o‘lchovdagi fotosuratlar elektron nusxalarda qabul qilinadi. Tasvirlarda ramkalar, yozuvlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Fotosuratlar qisqa hamda ishonchli imzo bilan to‘ldirilishi kerak.

Ijodiy ishlarni qabul qilish 2016 yilning 1 dekabrigacha davom etadi.

Tanlovda qatnashish uchun materiallar va fotosuratlarga muallif hamda uning professional faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumot, pasport nusxasi va telefon raqamlari ilova qilinishi lozim. Eng yaxshi maqolalar hamda suratlar “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida chop etiladi. Tanlov natijalarini ko‘rib chiqishning so‘nggi bosqichida hakamlar hay’ati tomonidan maqolalar hamda fotosuratlarning uch nafar eng yaxshi muallifi e’lon qilinadi. Ular maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

“Tanlov uchun materiallar” belgisi ostidagi ijodiy ishlar “Xalq so‘zi” hamda “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyatiga quyidagi manzil bo‘yicha yuboriladi: 100000, Toshkent shahri, Matbuotchilar ko‘chasi, 32-uy yoki info@xs.uz -elektron pochtasi.

Telefonlar: (0-371) 233-52-55, 233-10-28.

Поделиться