O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni!
2016-06-27
Prezidentimiz Islom Karimovning “O‘zbekiston Respublikasi matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi farmoni hamda shu haqdagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganiga va jurnalistlar, matbaa xodimlari kasb bayramini keng nishonlab kelayotganiga 23 yil to‘ldi.
Moziyga qaytib ish ko‘rmoq xayrlidir, degandi buyuk adibimiz. Shu ma’noda, bugungi fayziyob lahzalarda ushbu ayyom tarixi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tish joiz, deb o‘ylaymiz. 1906 yil 27 iyun kuni Toshkentda “Taraqqiy” nomli gazetaning ilk soni chop etilgan. Yurtimizda chinakam milliy matbuotning yuzaga kelishi aynan shu gazeta bilan bog‘liq. Shuning uchun ham 27 iyun mamlakatimizda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni deb belgilangan.