O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Seminar
2016-03-14
Soliq hisoboti shakllariga kiritilgan o‘zgartirishlar va kichik biznesga soliq solish bilan bog‘liq dolzarb masalalar
Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi bilan hamkorlikda «EREPORT» loyihasi mutaxassislari ishtirokida korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda buxgalterlarini «Poytaxt» biznes markazida 2016 yilning 15 mart kuni soat 10:00 da bo‘lib o‘tadigan seminarga taklif etadi.
Seminar mavzusi:
«Soliq hisoboti shakllariga kiritilgan o‘zgartirishlar va kichik biznesga soliq solish bilan bog‘liq dolzarb masalalar»
– elektron soliq hisoboti shakllarini to‘ldirishning o‘ziga xos xususiyatlari;
– mikrofirma va kichik korxonalarda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha amaliyotda yuzaga keladigan masalalar.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi mutaxassislariga mavzu yuzasidan savollar berish mumkin.
Seminarda ishtirok etish uchun taklifnomani www.ereport.uz saytida talabnomani to‘ldirgan holda yoki (+998 71) 200-70-80 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan holda olishingiz mumkin.