O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

E'lon

2016-03-05

2016 yilning 9-11 mart kunlari «Grand Mir Hotel» mehmonxonasida O‘zbekistonda milliy laboratoriya siyosatini ishlab chiqish bo‘yicha Beshinchi majlis bo‘lib o‘tadi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda JSSTning Evropa Mintaqaviy Byurosi tomonidan tashkil etilmoqda.

Yig‘ilishning asosiy maqsadi mamlakatimiz va boshqa davlatlarda laboratoriya xizmati imkoniyatlarini kengaytirish hisoblanadi. Bu esa sog‘liqni saqlashni rivojlantirish, shuningdek, laboratoriya xizmatlarining axborot va kommunikatsiya tizimilarini yaxshilashga yordam beradi.

Tadbirda Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari, ilmiy tadqiqot institutlari va respublika ilmiy tibbiyot markazlari xodimlari, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti mutaxassislari, mamlakatimizdagi xususiy klinikalar rahbarlari, shuningdek, JSST vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Amalga oshirilgan ishlarni umumlashtirish, kuchli va kuchsiz tomonlari, imkoniyat va tahdidlarini muhokama qilish natijalari bo‘yicha qolgan masalalarni muhokama qilish, keyingi qadamlarni kelishib olish va ularning bajarilishi rejalashtirish majlisning asosiy vazifalari hisoblanadi.

Поделиться