O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
HISOBOT
2016-02-23
2016 yil 25 fevral kuni Toshkent shahrida Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishining sifat va miqdor o‘zgarishlari” mavzuidagi yillik konferentsiyasi bo‘lib o‘tadi.
Konferentsiyaning maqsadi keng jamoatchilik, mahalliy va xorijiy ekspert-tahlilchilarni Institutning 2015 yildagi faoliyati haqida xabardor qilish, shuningdek O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishining holati va istiqbollarini har tomonlama muhokama etishdan iboratdir.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, Oliy Majlis huzuridagi NNTini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari, etakchi ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy va xalqaro tashkilotlari vakillari, Institutning ta’sischilari kengashi a’zolari, milliy va xorijiy axborot vositalari vakillarining ishtiroki kutilmoqda.
Konferentsiya kun tartibidan Institut oldida turgan vazifalarni yanada samarali bajarishga oid taklif-mulohazalar, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishdagi mavjud muammolar atroflicha muhokama qilish kabi masalalar o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18-22 fevral kunlari respublikamiz bo‘ylab Institutning hududiy bo‘linmalarida yillik hisobot konferentsiyalari bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda ishtirok etish masalasida konferentsiyani tashkillashtirish va o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mitaga (mas’ul: Agzamova Gulrux Anvarovna, tel.: 245-80-15) hamda Institutning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi hududiy bo‘linmalariga murojaat etish mumkin.
Manba: Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti