O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Challenge Samarkand” sport festivali
2023-01-17
17-yanvar kuni poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida triatlon boʻyicha oʻtkaziladigan “Challenge Samarkand” sport festivali oldidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
2023-yil 16-17-sentabr kunlari Silk Road Samarkand sayyohlik majmuasida “Challenge Samarkand” – “Challenge Family” xalqaro brendi tarkibiga kiruvchi triatlon poygasi oʻtkaziladi.
Bugun ushbu sport festivali oldidan matbuot anjumani oʻtkazildi. Matbuot anjumanida Yoshlar siyosati va sport vaziri oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov, Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov va triatlon federatsiyasi birinchi oʻrinbosari Farruh Nasirov, Bosh kotibi Yelena Kun ishtirok etishdi va sport festivali oldidan savollarga javob berishdi.
“Challenge Samarkand” – Markaziy Osiyoda “Challenge Family” brendi ostida oʻtkaziladigan birinchi va yagona triatlon poygasi. Bu shunchaki poyga emas, bu eng yuqori darajadagi xalqaro festival, unda hamma ishtirok etishi mumkin. Professional triatlonchilar, boshlangʻich triatlonchilar, ayollar, bolalar, har qanday darajadagi tayyorgarlikka ega boʻlgan har bir kishi sport bayrami muhitiga kirishi mumkin.
Shuningdek, mazkur tadbir doirasida triatlon boʻyicha professionallar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtadi va unda respublikamizning eng kuchli sportchilari mamlakat chempioni unvoni uchun kurash olib boradi.
Tadbirda 1700 nafar sportchi ishtirok etishi kutilmoqda, ulardan aksariyat ishtirokchilar xorijdan keladi. Roʻyxatdan oʻtish veb-sayt orqali onlayn amalga oshiriladi, roʻyxatdan oʻtish bugun,17-yanvar kuni ochiladi va 2023-yil avgust oyigacha davom etadi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi