O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Yoshlar turizmi haftaligi»

2022-12-29

2023 yildan boshlab yanvar oyining birinchi o‘n kunligida O‘zbekiston bo‘ylab «Yoshlar turizmi haftaligi» o‘tkaziladi

Haftalik Yoshlar ishlari agentligi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirliklari bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston Prezidentining 2022 yil 30 apreldagi «Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq  tashkil etilayotgan ushbu haftalikdan ko‘zlangan maqsad yoshlarni taʼtil vaqtida respublikaning diqqatga sazovor joylariga mavsumiy imtiyozli sayyohlik paketlari asosida sayohatlarini tashkil etish, oliy taʼlim muassasalari talabalari, maktab o‘quvchilari va mahallalardagi aholi va yoshlarning sayohatlarini tashkil etish, nogironligi bo‘lgan o‘quvchi, talaba va yoshlarning respublikamiz bo‘ylab sayohat qilishlari uchun zarur tashkiliy va amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.

Shuningdek, haftalik davomida madaniy meros obyektlari, muzeylar, teatr va kinoteatrlarga yoshlarning jamoaviy sayyohatlari tashkil qilinishi barobarida tariximizni jonli ko‘rsatuvchi teatrlashtirilgan tomoshalar namoyishi yo‘lga qo‘yiladi.

Barcha hududlarda «Yoshlar turizmi karvoni» loyihasi hamda Qoraqalpog‘istonda «Orol turizmi» haftaligi o‘tkaziladi.

Taʼkidlash kerakki, Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» dasturi doirasida madaniy meros obyektlari, muzeylarga  chegirmalar eʼlon qilindi. Bundan tashqari, haftalik doirasida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ hamda «Uzbekistan Airways» AJ tomonidan sayohat qiluvchi yoshlar uchun viloyatlararo qatnovchi avtobus, avia va temiryo‘l chiptalariga chegirmalar hamda tadbirkorlik subyektlarining tashish xizmatlariga ixtiyoriy chegirmalar belgilanadi.

Maʼlumot uchun: dam olish kunlarida sayohat qilishni istaganlar bu boradagi qulayliklar va boshqa maʼlumotlarni har bir mahalladagi yoshlar yetakchilariga murojaat qilishlari mumkin.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться