O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buxoroda “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida mustaqilligimizning 31 yilligi hamda “Neft va gaz sanoati xodimlari” kuni keng nishonlandi.

2022-09-05

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sadolari ostida boshlangan tadbirni “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali direktori O‘tkir Fayziyev ochdi. 

Notiq Davlat rahbari tomonidan barcha tizimda bo‘lgani kabi gaz ta’minotida ham yaratilayotgan imkoniyatlar, sharoitlar haqida to‘xtaldi. Xodimlarning mehnati, faoliyatini alohida e’tirof etdi. Har bir ta’minot xodimining mehnati, jamoada o‘z o‘rni, shijoati, qadri borligini ta’kidladi. Ularning mas’uliyatni his etib, aholi farovonligi hamda turmush sharoitini yanada yaxshilashga o‘z hissasini qo‘shib kelayotganligi aytib o‘tildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida" gi farmoniga asosan “Kogontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi gaz jihozlariga xizmat ko‘rsatish chilangari Laylo Asatovaning “Shuhrat” medali bilan mukofotlangani ta’kidlandi. Uning 17 yildan ortiq ish tajribasi namuna sifatida tilga olindi.

– Men uchun bu yilgi bayram qo‘shaloq keldi, – deydi “Kogontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi gaz jihozlariga xizmat ko‘rsatish chilangari, “Shuhrat” medali sohibasi Laylo Asatova. – Bu kunlar hech ham yodimdan chiqmasa kerak. Mening kichkina mehnatimni qadrlab, davlat mukofotiga loyiq deb bilganliklari uchun Prezidentimizga rahmat. Juda ham xursand bo‘ldim.

Soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan hamda samarali mehnat qilayotgan bir guruh xodimlar Boshqaruv raisi va filial direktorining faxriy yorliq, qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi. Quvonarlisi, ta’minot tizimida yillar davomida halol mehnat qilib, xalq farovonligi yo‘lida munosib hissasini qo‘shgan, minglab shogirdlarga ustozlik qilgan, ayni damda esa pensiya yoshida bo‘lgan faxriylar mehnati ham e’tirof etildi.

 

Zarif Komilov

Manba: O'zA

Поделиться