O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz

2022-08-03

Kuni kecha davlatimiz rahbari yana bir muhim hujjat — “O‘zbekiston Respublikasining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Milliy mustaqilligimiz el-yurtimiz uchun jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallab, huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish, shuningdek, hayotning turli soha tarmoqlarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratib, erishayotgan barcha yutuq va marralarimizning asosiy poydevori bo‘lib kelmoqda.
 
So‘nggi yillarda barcha mamlakatlarda koronavirus pandemiyasi va iqtisodiy inqiroz, keskin qarama-qarshilik va ziddiyatlar tufayli yuzaga kelgan g‘oyat og‘ir va murakkab vaziyatda mard va olijanob xalqimiz bilan Yangi O‘zbekistonni barpo etish va jahonga tarannum qilish bo‘yicha muhim natijalarni qo‘lga kiritayotganligimiz, bu yutuqlar xalqaro jamoatchilik tomonidan e'tirof etilayotganligi, eng asosiysi xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarib, islohotlar samarasini kundalik hayotida his qilib yashayotganligi alohida e'tirofga loyiq.
 
Joriy yilda bo‘lib o‘tadigan mustaqillik bayrami “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etishi, o‘ylaymanki, har bir insonga o‘zgacha kuch va g‘urur, iftixor bag‘ishlaydi. Qaror bilan Respublika komissiyasi tuzildi. Mustaqillik bayrami Qoraqolpog‘iston Respublikasi, mamlakatimizning barcha viloyat va tumanlarida, qishloqlarida, ovullarida yuqori darajada o‘tkazilishini ta'minlash va ularga keng jamoatchilikni jalb etish belgilab berildi.
 
Bundan tashqari bayram arafasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga, keksa avlod vakillarini qo‘llab-quvvatlash, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan hamda ko‘makka muhtoj bo‘lgan insonlarning xolidan xabar olish, ularga beg‘araz yordam berish bilan bog‘liq hayriya tadbirlari amalga oshiriladi.
 
Yurtimizda bu kabi qilinayotgan ezgu ishlar zamirida inson qadri yanada yuksalayotganligi va ularning qadri va qaddi ko‘tarilayotganligining guvohi bo‘lib turibmiz. Mustaqillik — buyuk ne'mat. Uni asrab-avaylash esa har birimizning burchimizdir!
 
Islohotlar shiddat bilan ketayotgan yurtda ishlash va yashash yanada yoqimli va totli. Katta yo‘lda karvonboshi bo‘lib ketayotgan yurtboshimiz izidan ketayotganligimiz bizga katta kuch va g‘urur, iftixor bag‘ishlaydi.
 
 
Mavjuda HASANOVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi

Поделиться