O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Respublika tanlovi

2022-02-17

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanloviga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni qizg‘in tus olgan. Har soniyada ishtirokchilar soni oshib bormoqda.

Tanlovga ro‘yxatdan o‘tish 2022-yil 28-fevral soat 18:00 ga qadar davom etadi. 
 
Tanlov nizomiga asosan, 1-mart kuni soat 9:00 da www.vorislar.uz  sayti yoki  @vorislar_tanlovi_bot orqali IQ test sinovlari boshlanadi.
 
Har bir ishtirokchiga 25 ta test savoli beriladi va har bir to‘g‘ri javob uchun 8 balldan baho qo‘yiladi. 110 dan yuqori ball to‘plagan ishtirokchi tanlovda qatnashish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. 
 
Sayt orqali yuklanadigan loyiha taqdimoti 6 ta slayddan iborat bo‘lishi va hajmi 10 Mb dan oshmasligi talab etiladi. Shundan so‘ng ishtirokchi  (http://www.vorislar.uz/) www.vorislar.uz sayti yoki @vorislar_tanlovi_bot  telegram orqali o‘z loyihasini yuklashi mumkin.
 
Tanlovga taqdim etiladigan loyiha yoki g‘oya ilmiy va innovatsion xarakterga ega bo‘lishi kerak.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться