O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!
2021-08-26
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda joriy yil 26-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30-yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” mavzuidagi davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida Vazirlik markaziy apparati departament, boshqarma va bo‘limlari xodimlari ishtirok etdi. Shuningdek, Vazirlikning hududiy boshqarmalari, aksiyadorlik kompaniyalari, jamiyatlari, korxona, tashkilot va muassasalar rahbar hamda xodimlari videokonferensaloqa ko‘rinishida qatnashdi.
Tadbirda, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti bosh mutaxassisi F. Haitov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi targ‘ibotchilar guruhi aʼzosi, yuridik fanlar doktori, professor F. Muhiddinova hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari shoir Abdumajid Azim hamda shoira Farog‘at Xudoyqulovalar ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari J.Maxsudov ishtirokchilarni Ona Vatanimiz istiqlolining 30 yilligi bilan samimiy qutlab, o‘tgan davr mobaynida Vazirlik tomonidan telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat va IT sohaga malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar, qo‘lga kiritilgan g‘alabalar haqida qisqacha maʼlumot berdi.
Shuningdek, mehmon qatnashchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishish tarixi, o‘tgan 30 yil davomida amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar, ayniqsa, so‘nggi besh yil ichida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, shu kunlarda butun mamlakat bo‘ylab mazkur sana munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbirlar, O‘zbekistondagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, istiqlol davrida ijodkorlarga, xususan yozuvchi va shoirlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar va adabiy jarayonlar to‘g‘risida maʼruzalar qilindi.
Shoirlar Faxriddin Hayit, Abdumajid Azim hamda Farog‘at Xudoyqulovlar o‘zlarining Vatan, mustaqillik, insoniylik, mehr-oqibat to‘g‘risidagi sheʼrlarini o‘qib eshittirdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi