O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Uchinchi renessans – yangi o‘zbekistonning taraqqiyot, tinchlik va farovonlik kafolati

2021-08-23

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi oldidan

O‘zbekistonimiz mustaqil bo‘lganiga 30 yil bo‘ldi, ushbu jarayon har bir vatandoshimiz, xalqimizga ulkan imkoniyatlar, dunyo hamjamiyatidagi tenglik kabi baholab bo‘lmaydigan huquqimizni qaytarib berdi. Pirovardida milliy o‘zligimizni angladik, milliy g‘oyamizni ishlab chiqdik, milliy va ma’naviy qadriyatlarimiz tiklandi, milliy tiklanishdan – milliy yuksalish tomon odimlamoqdamiz.

Demak vatandoshlarimizda “tinchlik”, “mustaqillik”, “farovonlik”, “rivojlanish”, “taraqqiyot”, “yuksalish”, “ma’rifat” kabi g‘oyalarga daxldorlik hissi oshmoqda, xalqimiz milliy birlikni his qilsagina, ilm-ma’riftatga e’tiborni kuchaytirsa, yuksalishga intilsa, islohotlar tashabbuskori bo‘lsa – mustaqilligi umrboqiy bo‘ladi, davlatimiz rivojlanish va taraqqiyot sari yuz tutadi.

Jahon miqyosida yurtimiz haqida so‘z ketganda “Yangi O‘zbekiston”, “Yangi O‘zbekiston tajribasi” degan iboralar tilga olinmoqda. Bu mamlakatimizda keyingi yillarda taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qo‘yganimiz, erishayotgan zalvorli yutuqlarimizning e’tirofi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

bugungi kunda ilm-fan arboblari, tadqiqotchilar, olimlar diyorimizdagi yangi uyg‘onish davrining o‘ziga xos bo‘lgan jihatlarini sohalar kesimida tadqiq qilishga kirishdi. Jumladan, pedagogika fanlari doktori, professor M.Quronov va psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktoriX.Jabborov tomonidan uchinchi renessans davrining g‘oyaviy, mafkuraviy, pedagogik, psixologik jihatlari tadqiq qilindi va unda quyidagicha tahlillarni keltirish mumkin.

“Uchinchi Renessans – ma’no + fikr + g‘oya + harakat = Milliy g‘oya!” formulasi keltiriladi. Bunda asosan, mustaqillikni mustahkam himoyalash, mazkur holat bo‘yicha o‘tmishdan saboq chiqarish kerakligi, masalan mustaqillikni harbiy, shuningdek, ma’naviy himoyalash mumkinligi, tarixdan bizga ma’lumki, biz qachon mustamlakaga tushgan bo‘lsak xalqning birlashmaganligi xalqning birirlashmaganligini sababi esa, hammani birlashtiradigan g‘oya bo‘lmaganligi va bu g‘oya odamlarning qalbiga singdirilmaganligi bo‘lib chiqadi.  

Bizda esa hozir bu g‘oya bor “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”. Endi uchinchi renessans poydevorini himoya qilishimiz kerak. Biz buni o‘z vaqtida himoya qilmasak, unga zarar berishga urinadigan kuchlar paydo bo‘lishi mumkin.  

Uzoqdan turib ma’naviy hujum qilinadi. Ma’naviy hujumlarga qarshi turish – fuqarolik burchimiz. Ularga javob berishimiz kerak va bu ham ilmiy asosda bo‘lishi shart. Uchinchi renessansning qurilishi va himoyasi ilmiy asosga qurilsa, bu katta kafolat bo‘ladi. Vatanni chegarachi qo‘lida qurol bilan qanday himoya qilayotgan bo‘lsa, odamlarning ma’naviyatida ham shunday himoya o‘rnatiladi.

Uchinchi renessans milliy g‘oya nima uchun biz uni ma’naviy g‘oya, deb atashimiz kerak? Bunda ma’no degan so‘zdan boshlaymiz. Chunki uchinchi renessans davri mukammal amalga oshishi uchun, tez amalga oshishi uchun odamlar, yoshlar uchinchi renessansning ma’nosini tushunib olishlari kerak, qabul qilib olishlari kerak. O‘ziga manfaatli ekanligini anglashlari kerak. O‘zini baxtli bo‘lishi uchun uchinchi renessans bo‘lishi kerakligiga iqror bo‘lishi kerak. Ma’nosini to‘g‘ri anglashi shart.

Ma’nodan keyin fikr keladi. Fikrdan keyin esa g‘oya. G‘oyadan keyin xarakat boshlanadi. Xarakat esa Uchinchi Renessansni yaratadi. Ya’ni har bir O‘zbekistonlikning ongida xarakat natijasi o‘laroq bu yuzaga keladi.  

Demak, biz hozir shuni boshidan boshlamasak, boshidan puxta ilmiy asosda ilmiy tashkil etmasak qiyin bo‘ladi. Nima uchun qiyin bo‘ladi? Odamlar yaxshi tunushunmasa, to‘g‘ri anglamasa, o‘z manfaatini ko‘rmasa umummilliy harakatga qo‘shilishi qiyin bo‘ladi. Shuning uchun birinchi bosqich, odamlarga uchinchi renessansning ma’nosini tushuntirish bosqichi hisoblanadi.

Ikkinchi bosqich odamlarning fikrlarini paydo qilishdir. Ya’ni odamlar uchinchi renessans haqida mayli boshqa so‘zlar bilan gaplasha boshlasin, kundalik hayoti davomida uchinchi renessans haqida gaplashib, savollar bera boshlasin, o‘z fikrini aytsin. Chunki odamlar o‘z fikrini aytmasa, odamlar uchinchi renessans haqida nimalarni bilishi, nimalarni o‘ylayotgani, bu fiklari to‘g‘rimi, noto‘g‘rimi bilib bo‘lmaydi, baholab bo‘lmaydi. Qayerda, qaysi hududda odamlar uchinchi renessansni to‘g‘ri anglayapti, qayerda yaxshi, qayerda o‘rtacha va qayerda anglamayapti deb darajalashtirish zarurati bor.  

Uchinchi bosqich g‘oyadir. Uchinchi renessans har bir odamning g‘oyasiga aylandimi, yo‘qmi? Qayerda, qaysi hududda, qaysi tashkilotda, vazirlikdagi odamlarning g‘oyasiga aylandi? Ayni savollarga javob topgan holda chora-tadbirlar ko‘rilishi kerak.

To‘rtinchi bosqich – bu harakat bosiqichi. Qayerda uchinchi renessans uchun odamlarning harakati faol, qayerda o‘rtacha va qayerda harakati sustligi aniqlanadi. Ilmiy yondashuv bu savollarga javob bera oladi, noilmiy yondashuv faqat yuzaki ko‘radi, yuzaki xulosa qiladi va noto‘g‘ri natijalarga erishiladi. Bunga esa yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.  

Xulosa o‘rnida, mamlakatimizda ilm-ma’rifatga berilayotgan alohida e’tiborning zamirida chuqur ma’no bor. Ya’ni Uchinchi Renessans – Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot, tinchlik va farovonlik kafolati bo‘lishi kerak. Ilm-ma’rifat – bu yangi uyg‘onish davrining poydevori, uning asosida esa shu yurt fuqarolarining milliy tafakkuri, milliy g‘oyasi, ertangi kunga, taraqqiyotga bo‘lgan ishonchi bo‘lib, jamiyatdagi barqarorlikni ta’minlab beruvchi asosiy ustuvor omillardan biridir. Ilm-fan rivojlanar ekan, nafaqat iqtisodiyot, balki ijtimoiy-madaniy sohaning ham taraqqiyoti kafolatlanadi, mazkur kafolat esa o‘zida yangi renessans davrini ifoda etishiga shubha yo‘q.  

 

Hazrat Jabborov,

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti dotsenti,  

psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Manba: O'zA

Поделиться