2021-08-16
Adliya vazirligi mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan “Islohotlar bilimdoni” sovrinli viktorinasini e'lon qiladi
Viktorina 2 bosqichda o‘tkaziladi.
1-bosqich 17-avgust kuni tashkil etiladi. Ishtirokchilar test.adliya.uz caytidan ro‘yxatdan o‘tib 50 ta huquqiy test savoliga onlayn javob beradi. Eng ko‘p va eng tez to‘g‘ri javob bergan 10 nafar ishtirokchi 2-bosqichga o‘tadi.
2-bosqich 19-avgust kuni suhbat tarzida kechadi. Bunda ishtirokchilar o‘zlari yashaydigan hududdagi adliya organlari binosida “Zoom” orqali vazirlik hakamlar hay'ati a'zolari tomonidan savol-javob tarzida suhbat o‘tkaziladi. Natijalarga ko‘ra eng yuqori ball olgan 3 nafar ishtirokchi g‘olib deb topiladi.
G‘oliblar Mustaqillik bayrami arafasida quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin – televizor;
2-o‘rin – telefon;
3-o‘rin – changyutgich.
Test o‘tkaziladigan manzil havolasi @huquqiyaxborot telegram kanalida qo‘shimcha e'lon qilinadi.
Viktorinada ishtirok eting va g‘olib bo‘ling!