O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Mustaqillik – huquq demakdir” mavzusida ijodiy tanlov

2021-08-12

Adliya vazirligi mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan “Mustaqillik – huquq demakdir” mavzusida ijodiy tanlov e'lon qiladi.

Tanlovning maqsadi mustaqillikning 30 yilligini munosib nishonlash maqsadida aholining Vatan tuyg‘usini yanada yuksaltirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iborat.
 
Tanlovga ishtirokchilar o‘zlari tayyorlagan ijodiy ish namunalari (rasm, she'r, 3 daqiqadan oshmagan videorolik)ni joriy yilning 12-20 avgust sanasiga qadar yuborishi mumkin (yuboriladigan manzil qo‘shimcha e'lon qilinadi).
 
Tanlov shartlari haqida batafsil (https://telegra.ph/Tanlov-shartlari-08-09).
 
Tanlov g‘oliblari Mustaqillik bayrami arafasida e'lon qilinadi.
 
Ijodiy tanlovda qatnashing va g‘olib bo‘ling!

Поделиться