O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mustaqillik eng oliy ne’mat

2021-08-03

Buxoroda viloyatida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro viloyati bo‘limi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida Buxoro tumanidagi N-harbiy qismda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.  

Tadbirda Ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, Mudofaa boshqarmasi qoshidagi Jamoatchilik kengashi a’zolari Marhabo Pardayeva va Shodmon Sulaymonovlar mustaqillikka erishish ostonasidagi qiyichiliklar, bugungi dorilomon kunlarimizni math etib, olib borilayotgan oqilona siyosat hamda qisqa fursatlarda erishilayotgan natijalar haqida so‘z yuritdi.  

– Bugun qaysi kasb egasi bo‘lmasin ularning qalbida katta iftixor, o‘tayotgan har bir kunidan minnatdorlik tuyg‘usi bor, – deydi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro viloyati bo‘limi boshlig‘i Marhabo Pardayeva. – Dunyoda sharafli vazifalar juda ko‘p, ammo ular ichida kindik qoning tomgan Vatanni himoya qilish sharaflilar ichra sharaflisidir. Shu maqsadda harbiy qismlarda ham mustaqillik bayramini keng nishonlashga doir bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Vatan – bu insonga ato etilgan eng ulug‘ ne’mat, ajdodlarimiz uyg‘oq ruhi kezib yurgan tabarruk go‘sha, ularning nafasi ufurib turgan muqaddas tuproqdir. Uning mustaqilligini ta’minlash, kelajagi uchun xizmat qilish esa har bir fuqaroning burchidir.

Tadbirda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, shoira Go‘zal  Ro‘ziyeva va olima, Zulfiya mukofoti sovrindori Nozima Xoliqovalar Vatanni, mustaqillikni sharaflovchi she’rlar o‘qidi. Havaskor xonandalar tomonidan kuylangan kuy-qo‘shiqlar tadbirga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.  

Tadbirning ikkinchi qismi harbiy qism kutubxonasida davom etdi.  Harbiy xizmatga chaqirilganlar mushoirasi kelajagimiz egalarining yuksak salohiyatli ekanidan dalolat beradi.

Zarif Komilov

Manba: O'zA

Поделиться