O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Madaniy-ma’rifiy va ijodiy uchrashuvlar davom etmoqda...

2021-06-02

Qashqadaryo viloyati mahalla va qishloqlarida «Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!» shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuv va konsert dasturlari bo‘lib o‘tmoqda.

Shuningdek,  Jizzax shahri va Zomin tumanida «Xalqaro bolalarni himoya ekilish kuni» munosabati bilan «Bolalarga bering dunyoni» mavzusida madaniy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida «O‘zbekkonsert» DM Jizzax viloyati tomonidan estrada san’atkorlari ishtirokida konsert dasturi namoyish etilib bolajonlar va tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat ulashildi.

Shu kuni Mirishkor hamda Kasbi tumanlarida «Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!» shiori ostida konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Ijodiy uchrashuv va konsert dasturida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul xodimi Jaloliddin Mannonov, «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi muharriri o‘rinbosari shoir Abdumajid Azim, o‘zbek milliy akademik drama teatri artistlari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Nodira Mahmudova, Tohir Saidov, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Isoq To‘rayev, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri aktyorlari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulchehra Nosirova, Baxtiyor Ahmedov, Oltinbek Saparaliyev, Otabek Haqberdiyev, taqlidchi Sayfiddin Fayziyev, estrada xonandalari Asliddin Do‘stov, Sherbek Shodiyev, Sharofiddin Murodov, Alijon Isoqovlar ishtirok etishdi.

1 iyun «Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda «O‘zbekkonsert» DM Toshkent shahar bo‘limi tomonidan 1-2-muruvvat uylarida xayriya tadbiri ham o‘tkazildi. Ushbu xayriya tadbirida xalqimiz suygan estrada xonandalari Munisa Rizayeva, Ruxshona hamda «Afruz» guruhlari o‘zlarining qo‘shiqlari bilan yig‘ilganlarni xushnud etishdi.

Shuningdek, Xorazm viloyatining Urganch shahrida hamda Yangibozor, Xonqa, Tuproqqal’a tumanlarida «Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik» shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda respublika hamda viloyatda ijod qilayotgan estrada xonandalari, aktyorlar, yozuvchi va shoirlar ishtirok etdilar.

Targ‘ibot tadbirlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Тахтакў́пир tumani Madaniyat markazida ham «Yoshlar uchinchi renessans drayveri» mavzusidagi ma’naviyat-ma’rifat konsert dasturiga ulanib ketdi. Bu uchrashuvda Madaniyat va ma’rifat markazi boshlig‘i Minhojiddin Xojimatov, O‘zbekiston xalq artisti M.Yo‘lchiyeva, O‘zbek Milliy akademik drama teatrining aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hamid Toshpo‘latov va Muqimiy nomidagi musiqiy drama teatri aktyori O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mehmonali Salimov va boshqa ijodkorlar qatnashishdi.

Targ‘ibot tadbirlari, ijodiy uchrashuvlar mamlakatimiz bo‘ylab davom etmoqda.

 

«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi 

matbuot xizmati

Manba: O'zA

Поделиться