O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik”

2021-06-01

Buxoroda mazkur shior ostida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

– Hududlarda o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, targ‘ibot tadbirlari xalqimiz necha yuz yillik tarixi davomida orzu qilgan, mamlakatimiz hayoti va taqdirida tub burilish yasagan, tom ma’nodagi buyuk, olamshumul voqea — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi e’lon qilinganining o‘ttiz yilligini munosib nishonlashga qaratilgan, – deydi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro viloyati bo‘limi rahbari, xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Marhabo Pardayeva. – Mazkur targ‘ibot tadbirlarini tashkil etishdan asosiy maqsad, xalqimizda shukronalik hissini shakllantirish, Yangi O‘zbekistonda yangicha dunyoqarashni uyg‘otishdan iborat. Ayniqsa, yoshlarimiz o‘rtasida kitobga bo‘lgan muhabbat, kitobga oshnolikni targ‘ib etish hamda keng imkoniyatlar eshigi ochishini anglatishdir. Targ‘ibot guruhi a’zolari viloyatning barcha shahar va tumanlarida aholi bilan uchrashib, ularga xush kayfiyat ulashmoqda. Targ‘ibot tadbiri chin ma’noda bayram tantanalariga aylanib ketdi. Ijro etilgan sho‘x kuy-qo‘shiqlar, o‘qilgan monolog va she’rlar barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, atoqli adabiyot, madaniyat va san’at namoyandalari viloyatning shahar va tumanlarida “Yangi O‘zbekiston – Yangi Renessans”, “Mustahkam oila – jamiyatimiz ko‘rki”, “Vatanimiz taraqqiyotiga mening hissam”, “Yoshlar uchinchi renessans drayveri”, “Yangi uyg‘onish davri kitobxonlik va kutubxonalardan boshlanadi”, “Yangi O‘zbekiston – yangi marralar sari” mavzularida madaniy-ma’naviy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar o‘tkazib, targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bormoqda.

“Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida o‘tkazilgan konsert dasturida yurtimiz va viloyat san’at ustalari, yosh iste’dod egalari tomonidan kuy va qo‘shiqlar, milliy va jahon klassikasi namunalari, Vatan, mustaqillik, tinchlik, farovonlik, yoshlik haqidagi kuy-qo‘shiqar, raqslar ijro etildi.

Viloyatning barcha shahar va tumanlarida, mahalla va guzarlarida "Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik" shiori ostidagi tadbirlar davom etmoqda.  

 

Zarif Komilov

Manba: O'zA

Поделиться