O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Velomarafonga start berildi, farg‘onalik otaxonlar Samarqandga qarab yo‘lga chiqishdi

2021-03-31

Farg‘onalik bir guruh nuroniy va otaxonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini aholi orasida keng targ‘ib etish maqsadida Farg‘ona viloyatidan Samarqand shahrigacha velosipedda yo‘lga chiqishga qaror qilishdi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” g‘oyasini o‘zida mujassam etgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari doirasida ular bugun ertalab Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani Madaniyat markazidan yo‘lga chiqishdi.

Velomarafonda farg‘onalik 27 nafar nuroniy va otaxonlar ishtirok etishmoqda. Ular soatiga o‘rtacha 20 km masofani bosib o‘tgan holda bugun kechga tomon Toshkent viloyatining Angren shahriga kirib borishni rejalashtirgan.

Farg‘onalik otaxonlar 4-aprel kuni ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahriga yetib borishni maqsad qilishgan. Ular ertaga Toshkent shahriga yetib keladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться