2020-08-26
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan “Sen – qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Oqqo‘rg‘on tuman Kengashi, tuman Mudofaa ishlari bo‘limi, Milliy gvardiyaning viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi 7-alohida otryad bo‘limi bilan hakorlikda davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat ishtirokchilari o‘quvchi yoshlarga mustaqilligimiz tarixi, shonli Armiyamiz kuch-qudrati va Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya tizmidagi islohotlar haqida ma'lumotlar berishdi.
Tadbir davomida Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik L.Buzrukov oddiy askarlar bo‘lgan Oqqo‘rg‘on tuman yoshlari S.Anorboev, D.Egamov va I.Quvvatbekovlarga milliy armiyamiz saflarida o‘z xizmat burchini muvaffaqiyatli bajarganliklari munosabati bilan "Tashakkurnoma"larni tantanali ravishda topshirdi.
Manba: Tоshkеnt vilоyati hоkimligi