O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tadbirkorlik faoliyatini valyuta tebranishlaridan himoya qilish

2020-03-04

2020-yil 10-mart soat 15:00 da Savdo-sanoat palatasi binosida O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va O'zbekiston Respublikasining Qozog'iston Respublikasidagi elchixonasi ko'magida hamda "Consult Engineering Group Limited" xususiy kompaniyasi bilan hamkorlikda "Tadbirkorlik faoliyatini valyuta tebranishlaridan himoya qilish" mavzusida biznes taqdimot o'tkaziladi.

Tadbir dasturi:

15.00 - Tashkilotchilar tomonidan ochilish marosimiga bag'ishlangan nutq.

15.10 - Azamat Maybalaevning"O'zbekiston tadbirkorlari uchun moliyaviy xizmatlar, o'sish uchun yangi imkoniyatlar" mavzusidagi taqdimoti:

15.40 - Artem Lukashinning: "Biznesni valyuta tebranishlaridan himoya qilish mavzusidagi taqdimoti

16.10 - savol-javoblar o'tkazsh;

16.30 - viktorinalarva sovrinli o'yinlar:

16.40 - tashrif buyuruvchilar va tashkilotchilar o'rtasida o'zaro suhbat. 

Tadbir ma'ruzachilari:

Maybalaev Azamat - Consult Engineering Group Limited direktori. Biznes va loyiha menejeri sifatida 10 yildan ortiq ish tajribasiga ega. Marketing va biznesni tashkil qilish bo'yicha mutaxassis.

Lukashin Artem - Lighthouse Group Limited direktori. Xususiy kapital bo'yicha moliya bozori mutaxassisi. Investitsiya, vositachilik, dilerlik sohasida 13 yillik tajribaga ega.

Tadbirda ishtirok etish istagida bo'lganlar quyidagi raqamlarga murojaat qilishlari mumkin: +7 707 945 6327 Aynur (whatsapp) +7 7172 642 344

Поделиться