O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tanlov
2019-12-10
Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi innovatsion loyihalar tanlovining 15-turi e’lon qilinadi
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bilan hamkorlikda Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajarilishi ikki yilga moʻljallangan innovatsion loyihalar tanlovining 15-turini quyidagi fan yoʻnalishlari boʻyicha e’lon qiladi:
Tanlov topshiriqlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari, Prezidentning respublika hududlariga tashriflari, ma’ruza va nutqlarida belgilangan vazifalar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va yigʻilish bayonnomalari topshiriqlari hamda davlat, xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari taklif va tavsiyalaridan kelib chiqib, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani innovatsion rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari va vazifalari asosida shakllantirilgan.
Taqdim etiladigan loyihalar www.fan-portal.uz veb-sahifasi orqali elektron roʻyxatdan oʻtkazilishi shart. Elektron roʻyxatdan oʻtmagan, tanlov mavzusidan tashqari mavzularda tayyorlangan loyihalar tanlovga qabul qilinmaydi.
Qogʻoz shaklida taqdim etilgan loyihalar ilmiy-tadqiqot institutlarining ilm-fan boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, oliy ta’lim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektorlari tomonidan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari imzolagan yoʻllanma xati asosida qabul qilinadi.
Loyiha matni A4 formatdagi standart qogʻoz varagʻining ikki tomonida joylashishi va qoida tariqasida 1,15 qator oraligʻida yozilishi lozim. Har bir bet yuqoridan va pastdan 2 sm; chapdan 3 sm; oʻngdan 1,5 sm hoshiyaga ega; xatboshi 1,27 sm ga teng va bir xilda boʻlishi lozim.
Matnni kompyuter vositasida bosib chiqarishda «Times New Roman» 12 oʻlchamli shriftda «Misrosoft Word» matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi.
Betlar titul varagʻidan boshlab oxirgi varaqqacha izchil ketma-ketlikda raqamlanadi. Betning tartib raqami varaqning pastki oʻng burchagida 2 raqamidan boshlab yoziladi. Titul varagʻiga 1 raqami qoʻyilmaydi.
Loyiha har bir talab qilingan hujjati va boshqa tarkibiy qismlari yangi betdan rasmiylashtiriladi.
Loyiha rahbari va ishtirokchilarining mezonlarda talab qilingan ilmiy ishlari roʻyxati (oxirgi 3 yil davomidagi nashrlar quyidagi xronologik tartibda keltirilib, izchil ketma-ketlikda raqamlanadi: monografiya, patent, ilmiy maqola, ilmiy toʻplamlar va boshqa nashr ishlari) 3.4-shaklga qat’iy rioya qilingan holda rasmiylashtiriladi va muallif, ilmiy kotib tomonidan imzolanadi va tashkilot muhri bilan tasdiqlanadi.
Elektron roʻyxatdan oʻtkazilgan loyihalar 2019 yilning 30 dekabriga qadar shanba va yakshanba kunlaridan tashqari har kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha vazirlik binosida qabul qilinadi.
Taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga qat’iy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, koʻchirmachilikka (plagiat) yoʻl qoʻyilmaganligi, talablar asosida shakllantirilganligi boʻyicha dastlabki texnik ekspertizadan oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 iyuldagi PQ-3855-son qaroriga muvofiq Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilgan amaliy va innovatsion tadqiqotlar natijalari ular yakunlanganidan soʻng toʻliq tijoratlashtirilishi shart.
Taqdim etiladigan loyihalarga tegishli vazirlik va idoralardan loyiha mavzusi, uning bajarilishi va undan kutilayotgan natijalar Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining tarmoq va sohalarini rivojlantirish uchun zarurligi ta’kidlangan hamda tashkilot Ilmiy (ilmiy-texnik) kengashlari tomonidan tavsiya etilganligi haqidagi qaroridan koʻchirma ilova qilinishi lozim.
Tanlov oʻtkazilishining ob’ektivligi, adolatliligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida loyihalarni qabul qilish, ekspertizasini amalga oshirish, maxsus belgilangan xonalarda videokuzatuv vositalari (kameralar) orqali yozib olinadi.
Taqdim etilgan loyihalardagi ma’lumotlarning haqiqiyligi va ishonchliligi hamda tanlov gʻoliblari tomonidan ilmiy-texnik loyihalarning natijadorligi, tijoratlashtirish darajasi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni toʻla va oʻz vaqtida sifatli bajarilishiga ilmiy loyiha rahbarlari, ilmiy loyihani bajaruvchi tashkilot rahbarlari va tegishli yuqori turuvchi tashkilotlarning mas’ul xodimlari javobgar hisoblanadilar.
Belgilangan muddatda fan yoʻnalishlari boʻyicha elektron va qogʻoz shakllarda taqdim etilmagan loyihalar tanlovga qabul qilinmaydi. Tanlovga bitta loyiha kelib tushgan taqdirda qayta tanlov e’lon qilinadi va natijasi boʻyicha agar loyiha kelib tushmasa, dastlab kelib tushgan loyiha rahbari bilan muzokara oʻtkazilib, salohiyatiga koʻra ITKga chiqariladi.
Dastlabki texnik ekspertizadan oʻtmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi.
Eslatma: Tanlovga taqdim etilgan loyihalarning natijalari toʻgʻrisidagi ma’lumot www.mininnovation.uz veb-saytida “Tanlovlar” ruknining “natijalar” interfaol xizmati orqali e’lon qilinadi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi tanlovga taqdim etilgan loyihalar va ularning natijalari toʻgʻrisida individual ma’lumot berishga majbur emas.
www.fan-portal.uz veb-sahifasi orqali elektron roʻyxatdan oʻtkazilishi bilan bogʻliq texnik muammolar yuzasidan savollar: Axborot texnologiyalarini joriy etish boʻlimi
(71) 203-32-23 (620, 621).