O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalarni chop etish boʻyicha trening va seminarlarda ishtirok eting!

2019-11-27

Innovatsion rivojlanish vazirligi iqtisodchi Raufxon Solaxojayev bilan hamkorlikda Oʻzbekiston olimlarining imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha amaliy treninglar va seminarlar seriyasini tashkil etmoqda.

Trеning va seminarlarda ishtirok etish uchun ariza topshirganlar ichidan 10-15 nafar tadqiqotchilar tanlab olinadi va ERGO kompaniyasi binosida 2019-yilning dekabridan 2020-yilning martigacha oʻtkaziladigan tadbirlarga taklif etiladi.

Raufxon Solaxojayev 2018-yil Ijtimoiy fanlar sohasidagi yil olimi (Scopus va Oliy taʼlim vazirligi) va 2017-yilgi Ilm-fan yetakchisi (Web of Science) mukofotlari hamda “Shuhrat” medali sovrindori. 2015-yildan beri Raufxon Scopus va Web of Science platformalaridagi jurnallarda 25 ta maqola chop etgan.

Trening va seminarlarda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻting: https://forms.gle/5MrTQAc2sh8nY7qD8

Поделиться