O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasida Biznes forum hamda B2B formatida uchrashuv o‘tkaziladi

2019-11-20

O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasida o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish maqsadida ikki davlat ishbilarmonlari o‘rtasida Biznes forum hamda B2B formatida uchrashuv o‘tkazilmoqda.

Tadbir 2019-yil 26-noyabr kuni soat 13:30 da Toshkent shahridagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasining “Amir Temur” zalida bo‘lib o‘tadi.

Forumda 30 dan ortiq Tatariston kompaniyalari  ishtirok etadi (kompaniyalar to‘g‘risida ma'lumot havola qilinadi).

Mazkur Forumda ishtirok etish istagida bo‘lgan mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari quyidagi ilova orqali ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘raymiz. https://forms.gle/LUr4DgQ9MczP2TFo9

Qo‘shimcha ma'lumot uchun Palataning Eksportga ko‘maklashish boshqarmasiga +99878 150-60-06 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Kompaniyalar to‘g‘risidagi ma'lumotni yuklab olish. Ro‘yxatdan o‘tish

Поделиться