O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalqaro iqtisodchilar forumi
2019-10-21
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-fevraldagi 133-son farmoyishiga muvofiq joriy yilning 25-oktabr kuni “Strategik rejalashtirish – mamlakat va hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim omili” mavzusida Xalqaro iqtisodchilar forumi o‘tkazish belgilangan.
Tadbirni o‘tkazish uchun ma’sul – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti.
Anjumanda quyidagi seksiyalarda yig‘ilishlar olib borish ko‘zda tutilgan:
- Mamlakat va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini strategik rejalashtirish;
- Hududlarning tabiiy-iqtisodiy imkoniyatlaridan samarali foydalanish;
- Aholi turmush darajasini rivojlantirish strategiyasi;
- Tadbirkorlik va rivojlanish strategiyasi.
Forumda mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash borasidagi dolzarb muammolarni muhokama qilish va innovatsion yechimlar topish bo‘yicha bahs-munozara maydonini yaratish maqsad qilib qo‘yilgan.
Forumda yetakchi xorijiy va mahalliy ekspertlari, ilmiy, akademik va ishbilarmon doiralar vakillari ishtirok etadi. Shuningdek, unda xalqaro tashkilotlarning (Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, BMT Taraqqiyot dasturi, YeTTB, OTB, GIZ, JICA, KOICA, TIKA va b.) mutasaddi rahbar va vakillari ham qatnashishi ko‘zda tutilmoqda.
Forum materiallari to‘plami Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan Dissertatsiyalarning asosiy natijalarini chop etishga tavsiya etiladigan mahalliy va xorijiy ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Shuningdek, ushbu to‘plamga O‘zbekiston milliy kutubxonasi tomonidan ISBN (International Standard Book Number) xalqaro standart kitob tartib raqami taqdim qilingan.
Ilmiy ishlanmalarni forum@ifmr.uz elektron adres orqali qabul qilish boshlagan.
Shu munosabat bilan, olimlar, ilmiy tadqiqotchilar, amaliyotchi-mutaxassislar, akademik doiralar va davlat organlari vakillari o‘z ilmiy maqola va ishlanmalarni Forumning tezislar to‘plamiga kiritish masalasini ko‘rib chiqish uchun Ilmiy-tahririy kengashga taqdim etishlari mumkin.
Batafsil ma’lumot uchun: (+998 71) 237-10-32
Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Muvarounnaxr ko‘chasi, 1
E-mail: forum@ifmr.uz
WWW.IFMR.UZ