O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qurolli Kuchlar akademiyasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

2019-10-08

15–16-oktabr kunlari O‘zbekiston Kurolli Kuchlari akademiyasida “Hozirgi zamon harbiy mojarolari: mazmuni va xulosalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Kurolli Kuchlari akademiyasi hamda Toshkent shahridagi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti loyihalarining Koordinatori ko‘magida tashkil etilayotgan konferensiyada harbiy mojarolarni hal qilishning zamonaviy usullari va yondashuvlari buyicha milliy va xalqaro tajribalarni umumlashtirish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish hamda harbiy kadrlarni tayyorlash sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Mazkur konferensiya harbiy mojarolarning paydo bo‘lish tabiati, ularni bartaraf qilishning samarali choralari, cheklash va eskolatsiyaga yo‘l qo‘ymaslik masalalari bo‘yicha tajriba va axborot almashish uchun keng diskussiya maydonini yaratish, hozirgi zamon harbiy mojarolarida, harbiy san’at rivojlanishidagi yangi tendensiyalarga yagona qarashlar va yondashuvlarni yaratish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Konferensiyada O‘zbekistondagi YeXHT, BMT vakillari va ekspertlari, YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasining mintaqaviy delegatsiyasi, MDH, ShHT MATT, NATO, Djordj Marshall nomidagi Xavfsizlik masalalarini o‘rganish Yevropa markazi, AQSh Milliy mudofaa universiteti qoshidagi Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo Strategik tadqiqotlar markazi, Ozarbayjon, Belarus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Qirg‘iziston oliy harbiy ta’lim muassasalari vakillari qatnashadi.

Konferensiya bitta yalpi majlis, 4-mavzuviy seksiyalarda ish olib borish va xulosa chikarish uchun yakuniy majlisni o‘z ichiga oladi.

Konferensiyada ishtirok etish to‘ldirilgan talabnoma va ma’ruzani elektron manziliga jo‘natish zarur, e-mail: akaduz@umail.ru yoki akaduz@yandex.ru

Konferensiya ishtirokchilarini ro‘yxatga olish 2019 yil 15 oktyabr
8:30 dan 09:00 gacha Qurolli Kuchlar akademiyasining katta majlislar zalining foyesida o‘tkaziladi.

Ishtirok etish uchun talabnoma shakli

Маърузачининг Ф.И.Ш.  
Лавозими, илмий даражаси, ҳарбий унвони  
Ташкилот (номи), шаҳар  
Телефон рақами, электрон манзил  
Маърузанинг мавзуси  
Техник воситаларига эҳтиёжи  
Қатнашиш шакли (бевосита, сиртдан)  

Ma’ruza mualliflaridan quyidagi talablarga rioya qilishlari so‘raladi

Ma’ruza matnlari 5-to‘liq betgacha bo‘lib, elektron shaklda Word 1997-2007 dasturida, Times New Roman shriftda, 14 o‘lchamda, satrlar orasi -1, abzats – 1,25, har varaqda tomonlarda 20 mm masofa qoldirilsin.

Sarlavhani tayyorlash: muallifning initsiali va familiyasi (bosh harflarda) ilmiy daraja, keyingi betda – OTM nomi, tashkilot, shahar, davlat (kursivda). Bitta satr tashlagandan keyin maqola nomi (bosh qalin harflarda), annotatsiya, kalit so‘zlar, bitta satr tashlab ma’ruza matni.

Matnda oq-qora rasmlar, grafiklar, jadvallar GOST 7.32-2001 talablariga asosan ko‘rsatilishi mumkin.

Matnda manbalarga tayanishlar to‘rtburchakli qavslar ichida (masalan: [1]) foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida belgilangan raqami qo‘rsatiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati maqola oxirida tartib bo‘yicha keltiriladi.

Belgilangan vaqtdan keyin topshirilgan va talablarga javob bermaydigan materiallar ko‘rib chiqilmaydi va mualliflarga qayta topshirilmaydi.

Поделиться