O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yig‘ilish

2016-01-21

"O‘zbekiston pochtasi" AJ aksiyadorlari diqqatiga

Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishi 2016 yil 29 yanvar kuni soat 10:00da Toshkent shahar Oloy ko‘chasi, 1-uy «O‘zbekiston pochtasi» AJning majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.

Yig‘ilish kun tartibi:

1. Jamiyat aksiyadorlarining Umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida;

2. “O‘zbekiston pochtasi” AJ bosh direktorini tayinlash to‘g‘risida.

Jamiyat aksiyadorlarining reestri:

aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida aksiyadorlarga xabar berish reestri 2015 yil 21 yanvar holatiga;

aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati 2015 yil 25 yanvar holatiga shakllantiriladi.

Aksiyadorlar kerakli ma’lumotlar bilan “O‘zbekiston pochtasi” AJning Toshkent shahar Oloy ko‘chasi 1-uy manzilida tanishishlari mumkin.

Aksiyadorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish 2016 yil 29 yanvar soat 09:00 dan 10:00 gacha amalga oshiriladi.

Aksiyadorlar o‘zlari bilan pasport yoki ishonchli vakil qatnashsa notarial tasdiqlangan ishonchnomalari bo‘lishi shart.

Murojaat uchun telefonlar: 233-79-98

«O‘zbekiston pochtasi» AJ Kuzatuv kengashi

Поделиться