O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Harbiylar “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida konsert dasturi tashkillashtirdi

2019-08-19

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga bag‘ishlab “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi va Maxsus avariya tiklash boshqarmasi harbiy xizmatchilari, shuningdek Qurolli Kuchlar akademiyasi harbiy orkestri ishtirokida poytaxtimizning “MEGA PLANET” va “ECO BOZOR” savdo majmualari hududida shahar aholisi va mehmonlar uchun konsert dasturlari tashkil qilindi.

Tadbir davomida yoshlar uchun rassomchilik, sportning shaxmat-shashka turlari bo‘yicha musobaqalar, shuningdek qiziqarli savol-javoblar ham o‘tkazilib, g‘oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Konsertda ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yurtdoshlarimizda vatanparvarlik hissini yanada oshirishga, ularning qalblarida jonajon O‘zbekistonimizga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qildi.

Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi Matbuot xizmati

Поделиться