O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sayyor qabul

2019-08-12

O‘zbekiston mudofaa vaziri tomonidan tasdiqlangan rejaga ko‘ra, vazirning o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov boshchiligida mansabdor shaxslardan iborat guruh 13-15 avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida sayyor qabullar o‘tkazadi.

Sayyor qabul harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari hamda harbiy pensionerlar, fuqarolarning muammolari, talab, taklif va ehtiyojlarini o‘rganish, ularga amaliy ko‘mak berish maqsadida tashkil etilmoqda.

Sayyor qabullar soat 10.00 dan 16.00 ga qadar quyida keltirilgan kunlarda o‘tkaziladi:

• 13-avgust kuni — Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug Ma’naviyat va ma’rifat markazida (Nukus shahri);

• 14-avgust kuni — Ustyurt Gaz-kimyo majmuasi binosi va Taxiatosh tuman hokimligi binosi (Taxiatosh va Qo‘ng‘irot tumanlari);

• 15-avgust kuni — Xorazm tibbiyot instituti binosida.

Shuningdek, sayyor qabulga viloyatlarning davlat va jamoat tashkilotlari mansabdor shaxslari ham jalb etiladi.

Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar mudofaa vazirining o‘rinbosari boshchiligida Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro hamda Farg‘ona, Andijon, Samarqand, Jizzax va Navoiy viloyatlarida o‘tkazilgan sayyor qabullar vaqtida mingdan ziyod murojaat ko‘rib chiqilib, ularning aksariyati ijobiy hal etilgandi.

Поделиться