2019-06-01
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilishi 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan innovatsion loyihalar tanlovining 11-turini e’lon qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi qurilish materiallarining yangi turlarini yaratish, ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini takomillashtirish hamda mavjud qurilish materiallarining sifatini yaxshilash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etish uchun navbatdagi innovatsion loyihalar tanlovini e’lon qildi.
Shu munosabat bilan 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan innovatsion loyihalar tanlovining «Arxitektura, qurilish, dizayn va shaharsozlik fanlari» yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan mavzularda ilmiy-tadqiqot loyihalari qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun tel.: (71) 256 34 37, 203 32 32
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: http://mininnovation.uz
Tanlovga hujjatlar 2019 yilning 31 iyul sanasigacha qabul qilinadi.
Soha mutaxassislari, tadqiqotchilar va olimlarni tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Manba: O'zA