O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ishga taklif etamiz!

2019-05-28

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tashabbusi bilan band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi “Ishga marhamat” monomarkazi O‘zbekistonda yagona andozalar asosida qurilib, eng zamonaviy mebel hamda uskunalar bilan jihozlanmoqda.

Monomarkazda ta'lim berishning zamonaviy usullaridan foydalanib, fuqarolarni kasbga o‘qitish maqsadida quyidagi sohalar bo‘yicha malakali, o‘z kasbining ustasi bo‘lgan tajribali muhandis-pedagoglar va o‘z sohasi bo‘yicha kamida 3 yilik ish stajiga ega yetuk mutaxassislar kasbga o‘qitish uchun suhbatga taklif etiladi:

Qurilish sohasi bo‘yicha:

- bo‘yoqchi;
- g‘isht teruvchi;
- suvoq ishlari ustasi;
- gipsakarton profillari bilan ishlash ustasi;
- PVX va alyuminiy profillari bilan ishlash ustasi.

Texnik soha bo‘yicha:

- kranchi;
- elektr ustasi;
- frezarchi;
- payvandlovchi;
- santexnika-gidravlika ustasi;
- maishiy texnika jihozlarini ta'mirlash ustasi.

Xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha:

- qandolatchi;
- bosh oshpaz;
- ofitsiant;
- tibbiy kosmetolog;
- neyl-stilist;
- sartarosh;
- uqalovchi;
- tikuvchi.

Fuqarolarni kasbga o‘qitish istagida bo‘lgan muhandis-pedagog va malakali mutaxassislar yuqori kafolatlangan ish haqi bilan birga, xorijiy davlatlarda o‘qish va malaka oshirish imkoniga ega bo‘ladilar.

Murojaat uchun: Yashnobod tumani, Parkent ko‘chasi, 331-uy, Yashnobod politexnika kolleji.

Telefon: +998 (71) 293-70-24

Ma'lumotnoma (ob'ektivka) va rezyumelarni quyidagi raqamlarga telegram orqali yuborishingiz mumkin: +998 (97) 780-15-11 / + 998 (97) 443-15-11

Поделиться