2019-05-20
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 yanvardagi "O‘zbekiston Respublikasida "Aqlli shahar" texnologiyasini joriy etish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 48-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan joriy yilning 20-21 maykunlari Toshkent arxitektura - qurilish instituti binosida quyidagi mavzularda seminar o‘tkazilishi rejalashtirilgan: «Davriy iqtisodiyot – mintaqa va davlatning taraqqiyot yo‘li», «Aqqli shahar – ochiq axborot tizimi» Konsepsiyasi va «Qurilish ob'ektlarini loyihalashtirish, qurish va ishga tushirishda raqamli axborot modelini yaratish».
Ushbu seminarda Finlyandiya va Belarus' olimlari va yirik kompaniyalar rahbarlari ishtirok etib, bu o‘z navbatida jahondagi eng yangi raqamli texnologiyalar bilan tanishish imkonini beradi.
Ushbu tadbirda vazirlik va idoralar rahbarlari, shuningdek ta'lim va xususiy sektor vakillarini ishtirok etishga taklif etamiz.
Ishtirokchilar ro‘yxati va ularning telefon raqamlarini quyidagi elektron pochtaga yuborishingizni so‘raymiz: i.arslanov@mininnovation.uz.