O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Suv – hayot manbai” tanlovi

2019-04-02

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Yevropa Ittifoqi koʻmagidagi Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazining UzWaterAware loyihasi bilan hamkorlikda Respublika ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun “Suv – hayot manbai” tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlov ommaviy axborot vositalarining televideniye, radio, matbuot, internet jurnalistika yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkaziladi.

Tanlovga taqdim etiladigan jurnalistik ishlar – efirga uzatilgan tele va radiomahsulotlar, bosma OAV va internet saytlarida eʼlon qilingan maqolalarda quyidagi mavzular tahliliy ochib berilgan boʻlishi lozim:

qishloq joylarda va shaharlarda suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha yangicha yondashuvlar;

qishloq xoʻjaligida suvdan samarali va oqilona foydalanish: zamonaviy mahalliy ishlanmalar va jahon tajribasi;

aholi, ayniqsa yoshlarning suvdan foydalanish madaniyatini oshirish, bu borada joylarda amalga oshirilayotgan ishlar.

Tanlovga 2019 yilning 1 aprelidan 30 sentyabrigacha boʻlgan vaqt mobaynida gazeta va jurnallarda, internet nashrlarida eʼlon qilingan materiallar, efirga uzatilgan telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar 15 oktyabrgacha qabul qilinadi.

Tanlovga taqdim etiladigan materiallar soni beshtadan kam boʻlmasligi lozim.

Bosma OAV va internet nashrlarda chop etilgan materiallar asl nusxa yoki ulardan koʻchirma olingan holda topshiriladi.

Televideniye va radiokanallarda eʼlon qilingan materiallar CD yoki DVD disklarlarda, materiallarning qisqacha annotatsiyasi bilan birga qabul qilinadi.

Tanlovga qabul qilingan ishlar muallifga qaytarilmaydi.

Ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:

- muallif va uning professional faoliyati toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot (obyektivka);

- muallifning pasporti nusxasi;

- muallifning manzili va bogʻlanish telefonlari.

Tanlov natijalarini eʼlon qilish hamda gʻoliblarni taqdirlash marosimi 2019 yil noyabr oyida boʻlib oʻtadi.

Materiallar “Suv – hayot manbai” tanloviga” deb koʻrsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

100005, Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Qori Niyoziy koʻchasi, 
39-uy, “A” bino. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi

Telefon: (71) 202-47-84, 202-47-00

e-mail: press@minwater.uz

Поделиться