O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Taʼlim va mutaxassislik” 20-xalqaro koʻrgazmasi
2019-01-25
2019 yilning 28-30 mart kunlari Yoshlar ijod saroyida “Taʼlim va mutaxassislik” 20-xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtishi rejalashtrilmoqda. Mazkur koʻrgazma anʼanaviy tarzda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi koʻmagida tashkil etiladi.
Respublika aholisini, birinchi navbatda, yoshlarni oliy oʻquv yurtlari hamda oliy maʼlumotga ega boʻlish imkoniyatlari, kasbga yoʻnaltirish va ish bilan taʼminlash masalalari koʻrgazmaning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Mazkur koʻrgazma ikki qismdan iborat:
Koʻrgazmaning birinchi “Taʼlim” yoʻnalishida - Oʻzbekiston va xorijiy oliy oʻquv yurtlari va taʼlim muassasalari, tillar kurslari va ijodiy markazlar haqida maʼlumotlar oʻrin olgan;
Ikkinchi, “Mutaxassislik” yoʻnalishida - Respublikaning ish bilan taʼminlash markazlari, ishga qabul qilish agentliklari Oʻzbekiston mehnat bozorlarida boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar namoyish etiladi.
“Taʼlim va mutaxassislik” koʻrgazmasi Oʻzbekistonda 2005 yildan buyon oʻtkazib kelinadi. 2011 yildan buyon bu koʻrgazma bir yilda ikki marotaba tashkil etilmoqda.
Koʻrgazma haqida qoʻshimcha maʼlumotlarni qoʻyidagi havola www.edufair.uz hamda 71 256 35 13 raqamlari orqali olishingiz mumkin.