O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O'zbekiston-Vengriya biznes-forumiga taklif etamiz
2018-12-04
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Vengriya Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda 2018 yil 13 dekabr kuni Toshkent shahrida ikki davlat tadbirkorlari o'rtasida Biznes forum o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Mazkur Forumda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo'shma loyihalarni amalga oshirish va mahalliy mahsulotlarni Vengriya davlatiga eksport qilish imkoniyatlari to'g'risida o'zaro hamkorlik masalalari ko'rib chiqiladi.
Shu munosabat bilan biznes-forumda ishtirok etish istagida bo'lgan mahalliy tadbirkorlik sub'ektlarini onlayn ro'yxatdan o'tishlarini so'raymiz: http://bit.do/eCkKE
Qo'shimcha ma'lumot uchun: +998 78 150 60 06
Mas'ul xodim: Gulnoza Shermatova