O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xiva, Urganch va Yangiariqda bayram shodiyonalari boʻlib oʻtdi
2018-08-28
Oʻzbekiston Mustaqilligining 27 yilligi tantanalari “Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim!” shiori ostida yuksak darajada nishonlanmoqda.
Oʻzbek xalqining asriy orzusi, Oʻzbekistonni xalqaro hamjamiyatning teng huquqli aʼzosiga aylantirgan mustaqillikning yigirma yetti yilligini kutib olish va nishonlash boʻyicha respublikamizning barcha shahar va tumanlarida qizgʻin tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan.
Shu jumladan, kuni kecha Xorazm viloyatining Xiva, Urganch hamda Yangiariq tumanlarida bayram keng nishonlandi.
Bayram dasturlari xar yilgidanda yuqori haroratda, yuksak saviyada boʻlib oʻtdi. Bayram dasturlaridan tuman madaniyat boʻlimlarining ijodiy, folklor jamoalari, bolalar musiqa va sanʼat maktablarining isteʼdodli oʻquvchi yoshlari, qoʻgʻirchoq teatrining chiqishlari hamda “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi Xorazm viloyat boʻlimi el ardogʻidagi xonandalarining dilrabo kuy-qoʻshiqlari joy oldi.
Mustaqillik, vatanparvarlik, ona yurtga sadoqat tuygʻularini madh etuvchi taronalar xalqimiz, tomoshabinlar kayfiyatini yanada yuqori pogʻonaga koʻtardi.