O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim!
2018-06-28
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28-iyunda “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yetti yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan xalqimizning asriy orzusi boʻlgan, Vatanimizning necha ming yillik tarixida mutlaqo yangi sahifa ochgan, mamlakatimizni xalqaro hamjamiyatning teng huquqli aʼzosiga aylantirgan Oʻzbekiston mustaqilligining yigirma yetti yilligini munosib kutib olish va nishonlash hamda “Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda targʻibot-tashviqot ishlarni atroflicha yoritib borish maqsadida Hukumat Portalida alohida sahifa ishga tushdi.