O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Innovatsiya vazirligi yosh olimlarga yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda qisqa muddatli ilmiy stajirovka o‘tash bo‘yicha tanlov e’lon qiladi
2018-06-01
Innovatsion rivojlanish vazirligi yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlar (markazlar, universitetlar va boshqalar) ilmiy laboratoriyalarining ishlash metodikasini o‘zlashtirish uchun yosh olimlarni qisqa muddatli ilmiy stajirovka o‘tash bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga taklif qiladi.
Yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda (markazlar, universitetlar va boshqalar) qisqa muddatli ilmiy stajirovka o‘tashni istagan yosh olimlar 2018 yilning 20 iyuniga qadar Innovatsion rivojlanish vazirligi devonxonasiga (T.Shevchenko ko‘chasi, 1-uy, 115-xonaga) quyidagi hujjatlarni to‘liq taqdim etishlari zarur:
- ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari bevosita bo‘ysunuvchi vazirlik (idora)ning rasmiy xati;
- nomzodning yoshi 25 dan 45 gacha bo‘lishi;
- ilmiy-tadqiqot yoki oliy ta’lim muassasasining Ilmiy kengashi qarori;
- ilmiy-tadqiqot muassasasi (oliy ta’lim muassasasi) tomonidan tasdiqlangan va qabul qiluvchi tomon bilan kelishilgan, ilmiy stajirovka taklifnomasi va dasturi;
- nomzodning ma’lumotnoma-obyektivkasi (anketa), (bunda nomzodning uy manzili, propiskasi, telefon raqamlari hamda elektron pochtasi ko‘rsatilishi zarur);
- oliy ta’lim muassasasini tugatganligini tasdiqlovchi diplom nusxasi;
- ilmiy darajasini (fan nomzodi, PhD va fan doktori), ilmiy unvonini (katta ilmiy xodim, dotsent, professor) tasdiqlovchi diplom nusxasi (agar mavjud bo‘lsa);
- mehnat daftarchasining nusxasi;
- fuqarolik pasportining nusxasi;
- nomzodning 3x4 sm o‘lchamdagi oq fondagi rangli fotosurati (4 dona);
- chet tilidan bilim darajasini belgilovchi amaldagi milliy yoki xalqaro sertifikat (Milliy kvalifikatsiya sertifikati, IELTS, TOEFL va shu kabilar), agar mavjud bo‘lsa.