O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Soliq to‘lovchi – yuridik shaxslar diqqatiga!
2018-04-02
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi eslatib o‘tadi. Soliq kodeksining 304-modda to‘rtinchi qismiga muvofiq, 2018 yilning 3 aprel sanasi yuridik shaxslarning mart oyining uchinchi o‘n kunligi uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni to‘lashning oxirgi kuni hisoblanadi.
Soliq to‘lovchi tomonidan byudjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 175-modda oltinchi va yettinchi qismlariga asosan, mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.