O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Isroilda o‘tkaziladigan seminarga taklif etamiz
2018-03-16
Isroilning taraqqiyot sohasidagi xalqaro hamkorlik agentligi (MASHAV) Hamkorlik va taraqqiyot markazi (CSA) xamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda “Maxsus ta’limda ijodiy fikrlash va innovatsiyalar” mavzusida xalqaro seminar tashkil etayotganini ma’lum qilamiz.
Seminar 2018-yilning 3-22-iyun kunlari Isroilning Ierusalim shahrida rus tilida tashkil etiladi.
O‘quv dasturi maxsus extiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun turli model va metodlarni ta’lim sohasida qo‘llash va ularni atrof muhitga integratsiyalashuvini o‘rgatishga qaratilgan.
Seminar tashkilotchilari tomonidan o‘qish bilan bog‘liq xarajatlar, dastur yuzasidan tashriflar, yotoqxona, tibbiy sug‘urta, aeroportdan olib kelish va aeroportga olib borib qo‘yish xarajatlari moliyalashtiriladi. Xalqaro parvozlar va kunlik ovqatlanish xarajatlari ishtirokchi mablag‘lari hisobiga qoplanishi ko‘zda tutilgan.
Qatnashish istagini bildirgan tadbirkorlarning quyidagi xujjatlarini 2018-yil 3-aprelga qadar taqdim etishingizni so‘raymiz:
- Anketa;
- Pasport nusxasi;
- Diplom nusxasi;
- OVIR nusxasi (agar bor bo‘lsa);
- 2ta tavsiyanoma.
Qo‘shimcha savol yuzasidan Tadbirkorlik asoslariga o‘qitishni tashkil etish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Gulnoza Shermatovaga (Tel.: +998 71 150-60-06; E-manzil: g.shermatova@chamber.uz) murojaat etishingiz mumkin.
Seminar haqida MA’LUMOT va ANKЕTA