O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Elektron tijorat sohasini rivojlantirish bo’yicha so’rov
2018-02-12
2018-yilning 22-yanvarda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"gi farmonining bajarilishi doirasida AKT vazirligi elektron tijorat sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan normativ huquqiy hujjatlarni takomillashtirish maqsadida so'rov o'tkazmoqda.
Shu sababli, barchani ushbu so'rovda qatnashishga chorlaymiz. So’rovning natijalari “O’zbekiston Respublikasida elektron tijoratni tubdan takomillashtirish choralari to’g’risida”gi normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqishda qo’llanadi.
Eslatib o’tamiz, ushbu farmonga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi elektron tijorat sohasida maxsus vakolatli davlat organi etib belgilangan.
So’rov joriy yil 16-fevralga qadar bo'lib o'tadi.
So’rovnomaga o’tish.