O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Seminar

2016-01-13

2016 yilning 14 yanvar kuni soat 10:00 da O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligida “Yaxshi laboratoriyalar – mustahkam sog‘liq” mavzusida seminar bo‘lib o‘tadi.

Seminar Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Evropa Mintaqaviy Byurosi bilan hamkorlikda milliy laboratoriya siyosatini ishlab chiqish bo‘yicha To‘rtinchi majlis doirasida tashkil etilmoqda.

Tadbirda Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari, ilmiy tadqiqot institutlari va respublika ilmiy tibbiyot markazlari xodimlari, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti mutaxassislari, shuningdek, JSST vakillari ishtirok etadi.

“Yaxshi laboratoriyalar – mustahkam sog‘liq” seminaridan ko‘zlangan maqsad mamlakatimiz va boshqa davlatlarda laboratoriya xizmati imkoniyatlarini kengaytirish hisoblanadi. Bu esa sog‘liqni saqlashni rivojlantirish, shuningdek, jamiyat salomatligini saqlash sohasida muhim voqealarni ishonchli aniqlash, jumladan, xalqaro tibbiy-sanitar qoidalarga muvofiq javob chora-tadbirlarini qabul qilishni talab etuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan favqulodda hodisalarda laboratoriya xizmatlarining axborot va kommunikatsiya tizimilarini yaxshilashga yordam beradi.

Поделиться