O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vazirlik rahbarlik lavozimlariga munosib nomzodlarni izlamoqda!

2017-12-27

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vazirlik markaziy apparatida mavjud quyidagi bo'sh o'rinlari uchun yuqori malakali mutaxassislar o'rtasida tanlov e'lon qiladi: 

- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi boshlig'i;
- Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i;
- AKT sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘limi boshlig‘i;
- Davlat xizmatlari tizimida AKT ni joriy qilish va ochiq ma’lumotlar bazasini shakllantirish bo'limi boshlig'i;
- Boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish va ularni takomillashtirishga oid takliflar ishlab chiqish bo‘limi boshlig'i.
 
Yuqori malakali mutaxassislarga raqobatbardosh ish haqi, ijtimoiy paket va o‘zini namoyon etishi uchun barcha sharoitlar yaratib beriladi. Nomzodlarga talablar bilan batafsil bu yerda tanishing.
 
Bo‘sh ish o‘rinlariga talabgorlar o‘zlari haqidagi ma’lumot (obyektivka)ni va amalga oshirgan loyihalari haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni 2018-yilning 10 yanvariga qadar quyidagi manzilga yuborishlari kerak: Toshkent shahri, Amir Temur shohko‘chasi, 4-uyyoki HR@mitc.uz elektron pochtasiga. Ma’lumot uchun telefonlar: 238-41-16, 238-41-43, 238-43-12.

Поделиться