O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

IT-maktab tanlov e’lon qiladi

2017-12-13

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab 2017-2018-o‘quv yili uchun 10-sinf o‘quvchilarini qabul qilish maqsadida tanlov e’lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar topshirilishi kerak:
1. Maktab direktori nomiga ariza;
2. Tug‘ilganlik haqida guvohnoma yoki pasport nusxasi;
3. 086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
4. Yashash joyidan ma’lumotnoma;
5. 3x4 hajmda 6 ta fotosurat;
6. 9-sinfni bitirganlik to‘g‘risidagi shahodatnoma nusxasi;
7. Ota va ona pasporti nusxasi.

Tanlov MATEMATIKA, FIZIKA, INGLIZ TILI fanlaridan yozma shaklda o‘tkaziladi.
Tanlov davlat (O‘ZBEK) tilida o‘tkaziladi.
Hujjatlarni qabul qilish Ixtisoslashtirilgan maktab binosi 1-qavatida amalga oshiriladi.

Ixtisoslashtirilgan maktab manzili: 
Mirzo Ulug‘bek tumani,Tepamasjid ko‘chasi, 4-uy. 
Ixtisoslashtirilgan maktab telefon raqami: 262-48-87

Hujjatlar 2017-yil 30-dekabr kuni soat 17:00 ga qadar qabul qilinadi.

Tanlov Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida ushbu universitetga kirish imtihonlari kabi bevosita videokuzatuvlar o‘rnatilgan holda Inha universiteti va Ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchilari tomonidan o‘tkaziladi.

Поделиться