O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi

2017-11-27

O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmati organlarining rahbarlik va inspektorlik lavozimlariga xizmatga qabul qilish hamda lavozimlariga tayinlash O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 avgustdagi 677-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o’tash to’g’risida»gi Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Soliq organlarida xizmatga yoshi, millati, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy va mansab mavqeidan qat’i nazar, o’zlarining kasb, ishchanlik, shaxsiy va axloqiy sifatlariga, ma’lumoti darajasiga va salomatligiga ko’ra davlat soliq organlariga yuklangan vazifalarning bajarilishini ta’minlashga qodir bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadilar.

Davlat soliq organlarining inspektorlar tarkibi lavozimlari o’rta maxsus darajadan kam bo’lmagan iqtisodiyot, moliya yoki yuridik ixtisos bo’yicha ma’lumotga ega bo’lgan shaxslar tomonidan tanlov asosida egallanadi.

Sinov muddati bilan ishga qabul qilingan xodimga yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun barcha qulayliklar yaratiladi, ya'ni ish joyi, ichki va tashqi aloqa uchun telefonlar, kompyuter va boshqa texnika vositalari, lokal va korporativ aloqa, elektron pochta xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari, kanselyariya jihozlari va boshqa zarur hujjatlar.

Sinov muddati bilan ishga qabul qilingan xodimni ijtimoiy muhofazasi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi, uning manfaatlari kasaba uyushmasi tomonidan himoya qilinadi.

Ichki mehnat tartibi qoidalarida ko’zda tutilgan mehnat sharoitlari bilan bog’liq bo’lgan qo’shimcha to’lovlar, ustamalar, rag’batlantirish tarzdagi to’lovlar, maxsus unvon va uzoq yillar xizmat qilganligi uchun ustama haq to’lab boriladi.

Xizmatga qabul qilinayotgan xodimlardan soliq tizimining o’ziga xos xususiyatlarini va soliq idoralaridagi tartib qoidalarni hisobga olgan holda O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 80-moddasida ko’zda tutilgan hujjatlardan tashqari boshqa qo’shimcha hujjatlar ham kerak bo’ladi. Nomzodni o’rganish jarayonida nomzodning shaxsiy jildi shakllantirib boriladi va unda quyidagi hujjatlar bo’lishi shart: 

- nomzod to’g’risida qo’lyozma shaklda to’ldirilgan to’liq va aniq ma’lumotlar (so’rovnoma, tarjimai hol, xodimning yaqin qarindoshlari to’g’risidagi ma’lumot); 
- pasporti hamda oliy yoki o’rta maxsus o’quv yurtini tamomlaganligi to’g’risida diplom nusxalari; 
- 086-formadagi tibbiy ko’rik xulosasi; 
- narkologiya, silga qarshi kurashish dispanserining ma’lumotnomalari; 
- yashash joyidan ma’lumotnoma; 
- rangli fotosurat-shtatlar jadvalidagi asosiy lavozimdagi xodimlar tarkibi uchun 4 dona 4x5 va 2 dona 9x12 hajmdagi fotosuratlar taqdim etiladi.

Bo'sh lavozimlar bo'yicha e'lonlar ushbu bo'limga joylashtiriladi.

Davlat soliq xizmati organlaridagi vakant lavozimlar ro'yxati. 

Bo'sh joylar bo'yicha nomzodlar o'zlari to'g'risidagi ma'lumotlarni quyidagi manzil orqali yuborishlari mumkin:

Elektron pochta manzili: org@soliq.uz, yoki pochta manzili: 100011, Toshkent sh., Shayxontohur tumani, A.Qodiriy ko'chasi 13-A uy.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun quyidagi telefonlar orqali murojaat etish mumkin:

Telefon: (0 371) 244-97-16

Faks raqami: (0 371) 244-89-12

Ishonch telefoni: (0 371) 244-98-98

Davlat soliq qo'mitasiga rezyume yuborish tizimiga kirib ma'lumotnoma yuborishingiz mumkin. Tizimga kirish.

Davlat va boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida batafsil ta'riflari va shartlari bilan joriy bo'sh ish o'rinlari haqida ma'lumotlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan ko'rishingiz mumkin.

Поделиться