O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
«Ochiq Hukumat» sahifasi
2017-08-30
Hukumat Portalida yangi «Ochiq Hukumat» sahifasi ishga tushdi.
Mazkur sahifa orqali foydalanuvchilar Davlat organlari va ularning faoliyati to‘g‘risidagi ochiq axborotdan foydalanishni ta’minlash maqsadida ishga tushirilgan O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portali (data.gov.uz), Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi, ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasining yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatning tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholash tizimi – regulation.gov.uz., Davlatimiz rahbarining tashabbusi ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi loyihasi keng muhokamasi, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Prezidentiga yuborilayotgan murojaatlardagi masalalarni iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy va huquqiy tahlil etib, hal etilishini ta’minlashga qaratilgan ishlarni tubdan takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi va aholi va tadbirkorlik sub’ektlari uchun “yagona oyna” rejimida davlat interaktiv xizmatlarini ko‘rsatuvchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali haqida ma’lumotlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar.