O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!» kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2017-08-23

Poytaxtimizda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamkorligida nashr etilgan «Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!» kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 27-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida nashr etilgan kitob taqdimotida professor-o‘qituvchilar, olimlar va ilmiy-tadqiqotchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari A.Qodirov va boshqalar ushbu uslubiy qo‘llanmada mustaqillikning buyuk va bebaho ne’mat ekanligi, uning milliy davlatchiligimiz tarixidagi ahamiyati, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalashi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturining mazmun-mohiyati va bu borada belgilangan vazifalar chuqur ochib berilganini ta’kidladi. 

– Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda aholining, ayniqsa, yoshlarning kitobga qiziqishini, ularning kitobxonlik saviyasini yanada oshirish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bo‘lim mudiri Oybek Turg‘unov. – «Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!» nomli kitobda «Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz», «Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak», «Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi» kabi tamoyil va g‘oyalar asosida tayyorlangan o‘ndan ortiq maqola o‘rin olgan. 

Taqdimotda mutaxassislar mazkur to‘plam yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Поделиться