O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Diqqat, tanlov!

2017-07-21

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, «Tasviriy oyna» ijodiy uyushmasi,  Yozuvchilar uyushmasi, Milliy teleradiokompaniya, «O‘zbekkino» milliy agentligi, Badiiy akademiya, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamda Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi mamlakatimiz mustaqilligining yigirma olti yilligiga bag‘ishlangan «ENG ULUG‘, ENG AZIZ»  an'anaviy tanlovini e'lon qiladi.

Tanlovga «Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!» degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan va «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi»ning ma'no-mazmuniga muvofiq yaratilgan ijodiy asarlar qabul qilinadi.
 
«Eng ulug‘, eng aziz» tanlovi quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
 
- yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari;
 
- bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari;
 
- televideniye va radio ijodkorlarining materiallari;
 
- tasviriy san'at, foto asarlari va dizayn ishlari;
 
- kino san'ati asarlari.
 
Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
 
- muallif va uning professional faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma'lumot;
 
- muallifning pasporti nusxasi;
 
- ish joyidan tavsiyanoma;
 
- muallifning manzili va bog‘lanish telefonlari.
 
Tanlovga 2016 yilning 1 avgustidan 2017 yilning 1 avgustigacha bo‘lgan davrda rasman chop etilgan adabiy-badiiy asarlar, gazeta-jurnallar va internet nashrlarida  e'lon qilingan maqolalar, radio va televideniye kanallarida efirga uzatilgan materiallar, namoyish etilgan tasviriy san'at va kino san'ati asarlari joriy yilning 1 avgustigacha qabul qilinadi.
 
Tanlov g‘oliblari Vatanimiz mustaqilligining yigirma olti yillik bayrami arafasida mukofotlanadilar va ularning ro‘yxati matbuotda e'lon qilinadi.
 
Ijodiy ishlar «Eng ulug‘, eng aziz» tanloviga deb ko‘rsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim:
 
100129, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy. 
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, 
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi,
O‘zbekiston «Tasviriy oyna» ijodiy uyushmasi.
Telefonlar:  244-12-61; 244-64-61; 244-11-64.

Поделиться