O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat mukofotlari tanlovi

2017-06-22

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlari kengashi 2017-yilda beriladigan Davlat mukofotlari tanloviga quyidagi ishlar keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish uchun qo‘yilganini ma’lum qiladi:

Fan va texnika sohasida Davlat ­mukofotiga:

1. Sh.S. Namozov, A. M. Reymov, B. M. Beglov, B. S. Zokirov. Ammiakli selitra suyuqlanmasi va Markaziy Qizilqum fosforitlari asosida portlash ­xavfi bo‘lmagan ammiakli selitra olish ­texnologiyasini ishlab chiqish va sanoatga joriy etish. Amaliy tadqiqot.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar ­akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo ­instituti tomonidan tavsiya etilgan.

2. Sh.A. Ayupov, K. K. Kudaybergenov, B. A. Omirov, U. A. Roziqov. Noassotsiativ algebralar, differensiallash va ­nochiziqli dinamik sistemalar nazariya­larini rivojlantirish. Fundamental ­tadqiqot.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar ­akademiyasi Matematika instituti tomonidan tavsiya etilgan.

3. S.A. Hasanov, S. N. Maxsudov, G. K. Babaxanov. Burun bo‘shlig‘i devor­lari rivojlanishining buzilishi bilan birga kechuvchi tish-jag‘ anomaliyalari: ­tashxislash, davolash va reabilitatsiya qilish. Amaliy tadqiqot.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni ­saqlash vazirligi Toshkent pediatriya ­tibbiyot instituti tomonidan tavsiya ­etilgan.

4. M.N. Tillashayxov, N. N. Parpiyeva, V. G. Belotserkoves. O‘zbekiston Respublikasida aholiga ko‘rsatiladigan silga qarshi xizmatni takomillashtirishning fundamental asosini yaratish. Amaliy ­tadqiqot.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni ­saqlash vazirligi Respublika ixtisos­lashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ­ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan tavsiya etilgan.

5. F.I. Inoyatova, D. I. Ahmedova, Sh. E. Amonov. Og‘ir eshitish zaifligi va karligi bo‘lgan bolalar reabilitatsiyasi (“O‘zbek modeli”). Amaliy tadqiqot.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni ­saqlash vazirligi Respublika ixtisos­lashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy ­tib­biyot markazi tomonidan tavsiya etilgan.­

Adabiyot sohasida Davlat mukofotiga:

1. P. Qodirov (marhum). “Amir Temur siymosi” hamda “Til va el” asarlari. ­Adabiyotshunoslikka oid asarlar to‘plami.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tavsiya etilgan.

2. B.N. Karimov (Bahodir Karim). “Abdulla Qodiriy va germenevtik ­tafakkur” asari. Ilmiy monografiya.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tavsiya etilgan.

3. S.S. Saidov (Sirojiddin Sayyid). “Ochil, ey gul, ki bo‘ston vaqti bo‘ldi” ­kitobi. She’rlar, g‘azallar, dostonlar, ­tarjimalar.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tavsiya etilgan.

San’at va me’morchilik sohasida Davlat mukofotiga:

1. B.A. Ismoilov. “Qalliqlar bog‘i” nomli turkum asarlar to‘plami. Rangtasvir asarlar to‘plami.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan tavsiya etilgan.

2. Sh.K. Shoyoqubov. “Zamonaviy ­O‘zbekiston miniatyurasi” kitob-albomi (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan tavsiya etilgan.

3. Q.A. Mahkamov. “Yurtim gavhari” milliy ganch va naqqoshlik asarlari ­to‘plami.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan tavsiya etilgan.

4. S.R. Rahmatillayev. Toshkentdagi Hazrati Imom me’moriy majmuasiga ishlangan “Samoga yuksalish” nomli milliy o‘ymakor darvoza va eshiklar to‘plami. Yog‘och o‘ymakorligi asarlari.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan tavsiya etilgan.

5. O. Matyoqubov. O‘zbek klassik ­musiqasining tarixi, nazariy asoslari va zamonaviy jarayonlarga ta’siri haqidagi tadqiqotlar turkumi. “Maqomot”, “Buxoro Shashmaqomiga yana bir nazar”, “Xorazm nota yozuvining tarixi va tamoyillari”, “O‘zbek klassik musiqasi asarlari” (ikki tomli, o‘zbek va rus tillarida) kitoblari. ­Musiqashunoslikka oid asarlar majmuasi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar ­akademiyasining Xorazm Ma’mun aka­demiyasi tomonidan tavsiya etilgan.

6. A.M. Aliqulov. O‘zbekiston tarixi, madaniyati, urf-odatlari mavzularidagi tasviriy san’at asarlari turkumi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan tavsiya etilgan.

O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlari kengashi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, ­korxona va tashkilotlar, ilmiy muassasalar, ta’lim muassasalari, ilmiy-texnik jamiyatlar, olimlar va mutaxassislar, shoir hamda yozuvchilar, madaniyat va san’at ­namoyandalari, arxitektorlar hamda keng jamoatchilikdan muhokamaga qo‘yilayotgan ishlar va ularning mualliflari haqida fikr-mulohazalarini bildirishlarini so‘raydi.

Barcha taqrizlar, fikr va xulosalar, muhokama natijalari fan va texnika sohasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ­vazirligiga yuborilishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi manzili:

100047, Toshkent shahri, Yahyo G'ulomov ko‘chasi, 70-uy, 322-xona.

Tel.: (0-371) 233-59-46.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manzili:

100129, Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 30-uy, 308-xona.

Tel.: (0-371) 239-49-57, 244-65-97.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlari kengashi.

Поделиться