O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Imtiyozlar
2017-06-05
Loyiha-qidiruv tashkilotlari uchun imtiyozlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 maydagi «Loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2946-sonli qaroriga muvofiq, Investitsiya dasturlari loyihalarini amalga oshirishda qatnashayotgan loyiha-qidiruv tashkilotlari 2017 yilning 1 iyulidan boshlab 3 yil muddatga:
- foyda solig‘i, asosiy faoliyat turi bo‘yicha mulk solig‘i, yagona soliq to‘lovi, shuningdek, davlat ulushi bo‘yicha to‘lanadigan dividendlardan bo‘shagan mablag‘lar ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda tashkilotlar mutaxassislarini malakasini oshirishga maqsadli yo‘naltirilgan holda, soliq to‘lashdan;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan, ro‘yxat bo‘yicha, respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnik hujjatlar va dasturiy mahsulotlar, asboblar, ehtiyot qismlar, buyumlar to‘plami bilan birga chet eldan keltiriladigan maxsus texnika uchun bojxona to‘lovlaridan (boj yig‘imlari bundan mustasno) to‘lashdan ozod etilmoqda.